✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Mukarramova Shoira
📍 Hudud
Buxoro / G'ijduvon tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
Hozirgi kunda nafaqada. Oldin G'ijduvon tuman 45- umumta'lim maktabida ishlaganlar
📘 Fan
Ingliz tili
⏳ Pedagogik staj
45 yil
🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati
Ordenlari yuq. Lekin minglab uquvchilarni uqishga kirishiga sababchi bulganlar
✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari
Fan olimpiadasida uquvchilari faxrli urinlarni egallashgan
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Shu ustoz sababli hayot yulimni tanlaganman. 2003- yil uzim uqiyotgan maktab tamirga tushganligi sababli boshqa maktabga utishga tug'ri keldi. Sinfdoshlarimni judayam yaxshi kurardim. Shu sababli yangi maktabga kunikishim yangi sinfdoshlarga urganishim qiyin buldi. Har kuni uyga kelib yig'lardim uzimni sinfdoshlarimga ketaman deb. Shunday kunlarning birida ingliz tili darsiga kirdim. Shu daqiqada guyo hayotimga nur kirgandek buldi. Ustozni shunchalar yoqtirib qoldimki , u kishining muomalari mimikalari dars berishlari hatto xonalari ham yoqib qolgandi. Endi maktabga shu ustoz un bora boshladim. Ingliz tili darsini intizorlik bn kutardim. Shu dars buladigan kun shunchalar baxtli his qilardim uzimni. 1 suz bn aytganda shu inson sababli yangi maktabga mehr quydim. Keyinchalik uzim ham shu ustozimning yullaridan ketib ingliz tili uqituvchisi buldim. Hozirgi kunda uz kasbimni sevib faoliyat yuritmoqdaman. Kuplab yutuqlarga erishayabman. Albatta bularning hammasiga ustozimning hissalari katta. Ustozimga har doim minnatdorligimni , yaxshiyam ollohim shu insonni uchratganiga shukrlar qilishimni aytaman
Siz ham Mukarramova Shoira haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.