✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Sitorabinu Otaboyeva
📍 Hudud
Toshkent / Yakkasaroy tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
89
📘 Fan
Ona tili va adabiyot
⏳ Pedagogik staj
7 yil
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
#FidoyiUstozlar
"Fidoyi ustozlar" loyihamizning navbatdagi ustoziga butun O‘zbekiston o‘qituvchilari havas qilsa kerak, tanishing: Sitorabinu Otaboyeva, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 89-maktab o‘zbek tili fani o‘qituvchisi.
Sitorabonu o‘zining bilimi va harakatlari bilan Prezident tomonidan ilk bora tashkil etilgan "Yil o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining g‘olibasi bo‘ldilar va 50 ming dollardan oshiq pul mukofoti bilan taqdorlangan respublikadagi 208 ta eng ilg‘or ustozlardan biriga aylandi. Yaʼni Sitorabonu ustozdek har bir tumanda bir nafardan g‘oliblar bor, ushbu ustoz Yakkasaroy tumani g‘olib vakili!
Sitorabonu bilan "Yil o‘qituvchisi" tanlovining o‘tkazilish jarayonlari va undagi mexnatu, taassurotlari haqida suhbatlashdik.
Sitorabonu hali yosh, g‘ayratli va albatta mahoratli pedagogligi bilinib turibdi. Bunday yosh ustozning g‘olib bo‘lishi bizga katta quvonch beradi, hali o‘z ortidan minglab o‘quvchilarni bilimli qilib yetishtiradi.
Tarixda eng katta tanlov hisoblangan bunday tanlovning g‘olibi bo‘lish hamma ustozning orzusi va hammada shunday imkoniyat bor, bu keyingi safar siz bo‘lishingiz mumkin qadrli ustoz!
Bizning "Fidoyi ustozlar" loyihamizga o‘zingiz tanigan yana shunday fidoyi, namunlai ustozlar haqida maʼlumotni @fidoyibot orqali yuboring, biz ular bilan hududlarga chiqib mana shunday intervyu olamiz.
@fidoyiustoz99
Siz ham Sitorabinu Otaboyeva haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.