✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Riskulova Shahnoza
📍 Hudud
Toshkent / Sergeli tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
47
📘 Fan
Davlat tili
⏳ Pedagogik staj
21 yil
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Loyihamizning navbatdagi fidoyi ustozi, Toshkent shahar, Sergeli tumani 47-maktab o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Riskulova Shahnoza ustoz.
Shahnoza ustoz atigi 2 yil oldin oylik maoshi 3 mln so‘m bo‘lgan ekan, 4 nafar farzandni onasi bo‘lgan ustoz toifasi mutaxassis holda bu maktabga ishga kirgach, o‘z ustida ishlab 2 yil davomida hozirda oliy toifaga ega bo‘lgan.
Bu yil tarixda ilk marta katta ko‘lamda Prezident tomonidan tashkil etilgan "Yil o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 606 mln so‘m — 51 ming dollardan ziyod pul mukofotini yutgan 208 ta iqtidorli ustozlardan biridir. Qizig‘i, bu ustoz ham, undan oldingi Sitorabonu ustoz ham biz avvalroq aytgan fidoyi ustoz Dildora Rahmatjonovnaning shogirdligida tanlovga qatnashgan ekanlar.
Shahnoza ustoz bilan suhbatimizni qisqartirilgan holatida quyidagi havoladan ko‘rishingiz mumkin:
Kontent markazi bilan hamkorlikda tashkil etayotgan loyihamiz @fidoyibot orqali siz ham o‘zingiz va yoki o‘zingiz qadrlagan ustoz haqida maʼlumot yuboring va biz ularni hammaga tanishtirishda davom etamiz! @fidoyibot yoki www.fidoyiustozlar sayti orqali yuborishingiz mumkin.
Siz ham Riskulova Shahnoza haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.