FU
Fidoyi Ustozlar
Abduhoshimjon Rahimov
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Abduhoshimjon Rahimov

📍 Hudud Farg'ona viloyati / O'zbekiston tumani
🏫 Ta'lim muassasasi O`zbekiston tuan ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📘 Fan Fizika
⏳ Pedagogik staj 34 yil

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Kontent markazining "Fidoyi ustozlar" loyihasi navbatdagi qahramoni 5 minglab yoshlarni ham fizika, ham matematika fanidan tayyorlab Oliy o‘quv yurtlariga kiritgan, Farg‘onadagi eng mashhur ustozlardan biri, O‘zbekiston tumanida istiqomat qiluvchi, menga ham dars bergan fidoyi ustozimiz Abduhoshimjon ustoz Rahimov! Ushbu ustozni Farg‘onada eshitmagan fizik, matematiklar kam topiladi. Domla har doim o‘zining bilimi va shu bilimni sodda, muloyim ohangda o‘quvchilarga yetkazib berishi bilan, o‘zining yuksak insoniyligi bilan barchaning mehrini qozongan, katta hurmat topgan fidoyi ustoz. U kishi haqida bundan 5 yil avval ham maqola yozgan ekanman, bu safar o‘zlari bilan Kontent markazining "Fidoyi ustozlar" loyihasi doirasida suhbat qurdik. Abduhoshimjon ustoz meni ham o‘qitgan va birga ishlashga ham muyassar bo‘lganman domla bilan, hali ham o‘sha-o‘sha samimiy. Intervyu bermayman, deb rosa xijolat bo‘ldilar, majburlab bo‘lsa ham oldik. Ushbu ustozning gaplarini kesishga jazm qilolmadik, montajda ketib qoldi kesib tashlang, deganlariyam)) ajoyib suhbat bo‘ldi, domla doimgidek samimiy!

Siz ham Abduhoshimjon Rahimov haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish