✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Ismatov Abdullajon
📍 Hudud
Surxondaryo / Termiz shahri
🏫 Ta'lim muassasasi
1
📘 Fan
Matematika
⏳ Pedagogik staj
2 yil
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
#fidoyiustozlar
24 yoshida o‘quvchilarini chekka mintaqada ishlab, xalqaro IMO g‘olibi tayyorlagan fidoyi ustoz.
Prezident administratsiya huzuridagi Kontent markazining "Fidoyi ustozlar" loyihasi navbatdagi qahramoni Termiz shahar 1-maktab internat matematika o‘qituvchisi Ismatov Abdullajon.
Bu yosh yigit o‘zi ham maktab davirda respublika va xalqaro olimpiadalarda qatnashib, g‘olib bo‘lgan. Keyin Toshkentga Sardor Bazarboyev va boshqa ustozlardan olimpiada sir-asrorlarini yanada puxta egallab, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Termizga qaytib borgan.
U yerda ish boshlab, talantli matematika o‘quvchilarini xalqaro olimpiadalariga tayyorlagan.
Bugun uning o‘quvchisi Elshod O‘rolov xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) da kumush medal oldi va 600 mlndan ortiq pul mukofoti oldi. Ustozi Abdullajon esa davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra 182 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Abdullajon bilan suhbatimizni quyidagi videoda ko‘rishingiz mumkin
Siz ham mana shunday ustozlar haqida bizga yuboring, Fidoyi ustozlar milliy bazasiga qo‘shib, suhbat ham quramiz.
Yana bir quvonchli yangiligimiz bor: "Fidoyi ustozlar" loyihasining sayti ishga tushdi!
https://fidoyiustoz.uz sayti orqali ham ular bilan tanishib borishingiz mumkin. Shuningdek, @fidoyiustoz99 kanalida ham maqolalar muntazam chiqadi.
Maʼlumotlarni @fidoyibot orqali hoziroq yuboring.
Siz ham Ismatov Abdullajon haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.