FU
Fidoyi Ustozlar
Toshmurodov Navruzbek Odil öğli
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Toshmurodov Navruzbek Odil öğli

📍 Hudud Qashqadaryo / Qarshi tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 50-maktab
📘 Fan Jismoniy tarbiya
⏳ Pedagogik staj 4 yil

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Assalomu alaykum, men Qarshi tumanining chekka bir qishlog'idagi kichik bir maktabda jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lib ishlayman, ushbu maktabga 2022-yil ishga kirganman, o'sha payt 3-kurs talabasi edim, 2025-yil universetitni tamomladim va shu yilning o'zida atestatsiyaga qatnashib 2-toifani qo'lga kiritdim, 2026-yil bahorgi atestatsiyaga qatnashib esa 1-toifa va 70 foizlik ustamaga sazavor bo'ldim, to'g'risini aytsam bizning maktabda ustozlar umuman hech nimaga intilmay, bizda sharoit yo'q , bo'lmaydi degan so'zlarni o'zlariga shior qilib olishgandek edi, meni natijalarimni ko'rib ular ham o'zlarini ustida ishlashga qiziqishi ortmoqda, yaqinda bo'lgan kuzgi atestatsiyaga ham topshirdim va vazir ustamasini minimal talablarini bajardim, ish faoliyatimda esa boshida 4 soat bilan ishladim bir necha yil, hozirda 14 soatgacha dars olishga erishdim, va maktab tarixida ilk bor ikta o'quvchim 5 tashabbus olimpidasida tuman bo'yicha birinchi bo'lishdi yengil atletika bo'yicha, qiziqarli tomoni bizni maktabda sport zal yo'q, sport jihozlari esa umuman, kerakli anjomlarni o'z hisobimdan olaman, aytmoqchi bo'lganim bizni maktabda ham iqtidorli o'quvchilar bor faqat ularni sohaga qiziqtiradigan ustoz kamdek, meni shiorim bo'lmaydi degan so'zdan qochish, to'g'ri qiyin bo'ladi, lekin uddalashni iloji bor.

Siz ham Toshmurodov Navruzbek Odil öğli haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish