✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Qurbonova Nigora Mannonovna
📍 Hudud
Toshkent / Yashnobod tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
255-maktab
📘 Fan
Tarix
⏳ Pedagogik staj
40 yil
🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati
2004-yildan Respublika Ta’lim markazida darsliklar bo‘yicha ekspert va ilmiy-metodik kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yilda «Amir Temur va temuriylar tarixi» metodik tavsiyalarini yaratgan. Uning ilg‘or pedagogik tajribasi tuman, shahar va respublika miqyosida ommalashtirilgan.
Ustozning eng katta yutuqlaridan biri — shogirdlarining muvaffaqiyatlaridir. Uning o‘quvchilari tarix fanidan olimpiadalarda bir necha bor sovrinli o‘rinlarni egallashgan. 2025-yilda tuman bosqichida birinchi, shahar bosqichida uchinchi, 2026-yilda esa tuman bosqichida uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan.
Nigora Mannonovna «Ustoz-shogird» va «Mahorat maktabi» yo‘nalishlarida ham faoliyat yuritib, yosh pedagoglarga o‘z tajribasini o‘rgatib kelmoqda.
Uning fidoyiligi faqat ta’lim sohasi bilan cheklanmaydi. 2007–2018-yillarda «Vatandosh» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar kengashi a’zosi sifatida yuzdan ortiq targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etgan. Oilaviy muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shgan.
Ko‘p yillik samarali mehnati e’tirofi sifatida 2006-yilda «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nish
✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari
Fan olimpiadalarida I va II oʻrinlarni olgan
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
MA’RIFAT VA FIDOYILIK TIMSOLI — NIGORA MANNONOVNA
Shunday insonlar borki, ularning hayot yo‘li yillar bilan emas, tarbiyalagan shogirdlari, ezgu ishlari va jamiyatga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi. Ana shunday fidoyi insonlardan biri — tarix fani o‘qituvchisi, tajribali pedagog Qurbonova Nigora Mannonovnadir.
Nigora Mannonovna 1964-yil 30-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida ziyoli oilada tavallud topgan. 40 yillik mehnat faoliyatiga ega ustoz 1992-yildan buyon Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 255-sonli maktabda tarix fanidan saboq berib kelmoqda.
U o‘z faoliyati davomida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq etib, yosh avlodning bilimli, mustaqil fikrlaydigan va vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishiga munosib hissa qo‘shmoqda.
2004-yildan Respublika Ta’lim markazida darsliklar bo‘yicha ekspert va ilmiy-metodik kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yilda «Amir Temur va temuriylar tarixi» metodik tavsiyalarini yaratgan. Uning ilg‘or pedagogik tajribasi tuman, shahar va respublika miqyosida ommalashtirilgan.
Ustozning eng katta yutuqlaridan biri — shogirdlarining muvaffaqiyatlaridir. Uning o‘quvchilari tarix fanidan olimpiadalarda bir necha bor sovrinli o‘rinlarni egallashgan. 2025-yilda tuman bosqichida birinchi, shahar bosqichida uchinchi, 2026-yilda esa tuman bosqichida uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan.
Nigora Mannonovna «Ustoz-shogird» va «Mahorat maktabi» yo‘nalishlarida ham faoliyat yuritib, yosh pedagoglarga o‘z tajribasini o‘rgatib kelmoqda.
Uning fidoyiligi faqat ta’lim sohasi bilan cheklanmaydi. 2007–2018-yillarda «Vatandosh» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar kengashi a’zosi sifatida yuzdan ortiq targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etgan. Oilaviy muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shgan.
Ko‘p yillik samarali mehnati e’tirofi sifatida 2006-yilda «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni, 2021-yilda «Ma’rifatli ayol» faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. 2025-yilda esa «Ma’rifatli ayol» va «Novator o‘qituvchi» ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘lgan. Ayni paytda «Yosh o‘qituvchilar» klubi raisi sifatida ham faoliyat yuritmoqda.
Ustozlik — qalblarda davom etadigan umr.
Menimcha, haqiqiy ustozning eng katta boyligi uning mukofotlari emas, balki shogirdlari qalbida qoldirgan ezgu izlaridir. Yillar o‘tadi, avlodlar almashadi, ammo ustoz bergan bilim, mehr va nasihat hech qachon unutilmaydi.
Qurbonova Nigora Mannonovna ana shunday ehtiromga munosib ustozlardan. Uning hayot yo‘li ilmga sadoqat, kasbga muhabbat va insoniy fidoyilikning yorqin namunasidir.
Zero, haqiqiy ustozning umri uning shogirdlari qalbida davom etadi!
📌 Qo'shimcha ma'lumot
🌐 Veb-sayt orqali yuborilgan
Siz ham Qurbonova Nigora Mannonovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.